Savol-Javob (FAQ)
UponShop platformasidan foydalanish, buyurtma berish, to'lovlar va yetkazib berish bo'yicha ko'p beriladigan savollarga javoblar.
Tezkor qidiruvdan foydalanishingiz mumkin.
Buyurtmalar va Hisob-kitob
UponShopda buyurtma berish juda oson. Saytda ro'yxatdan o'ting, o'zingizga yoqqan mahsulotni tanlang, "Savatga qo'shish" tugmasini bosing. So'ngra savat sahifasiga o'tib, "Rasmiylashtirish" tugmasini bosing. Kerakli ma'lumotlarni (ism, manzil, telefon) kiritgach, to'lov turini tanlang va buyurtmani tasdiqlang.
Batafsil video-yo'riqnomani bu yerda ko'rishingiz mumkin.
Ha, albatta. Agar buyurtma hali "Kuryerga topshirildi" holatiga o'tmagan bo'lsa, shaxsiy kabinetingizdagi "Buyurtmalarim" bo'limi orqali uni bir zumda bekor qilishingiz mumkin. Pulni oldindan to'lagan bo'lsangiz, bekor qilingach, pulingiz 1-3 ish kuni ichida kartangizga to'liq qaytariladi.
Buyurtma holatini kuzatish uchun shaxsiy kabinetingizdagi "Buyurtmalarim" bo'limiga o'ting. Har bir buyurtmaning yonida "Ko'rish" tugmasi mavjud. U yerda buyurtma rasmiylashtirilganidan to yetkazib berilguncha bo'lgan barcha bosqichlar aks etadi.
To'lov Usullari va Xavfsizlik
Bizda bir necha xil to'lov usullari mavjud:
1. Naqd pul - kuryer yetkazib berganda;
2. Karta orqali onlayn (Uzcard, Humo) - Payme, Click yoki UzumPay ilovalari orqali;
3. Karta orqali kuryerga - yetkazib berilganda terminal orqali.
4. Muddatli to'lov - hamkorlarimiz orqali bo'lib to'lash imkoniyati.
Biz bir qator nufuzli banklar va moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilamiz (masalan: UzumNasiya, Solfy, Intend). Buyurtmani rasmiylashtirishda to'lov usuli sifatida "Muddatli to'lov"ni tanlang. Hamkorlarimizdan birini tanlab, qisqa anketa to'ldirasiz. Tasdiqlanganidan so'ng, buyurtma tayyorlanadi.
Savolingizga javob topmadingizmi? Menejerlarimiz sizga 24/7 yordam berishga tayyor.
Aloqa markazi